1

Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111 ta korrupsion xatar aniqlangan

Jamiyat 15.04.2021, 13:01
Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111 ta korrupsion xatar aniqlangan

Bu haqda bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan  matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

 «Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi, Markaziy bank hamda Moliya vazirligida «yo`l xaritalari» ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz tashkil etilgani aniqlandi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarida korrupsiyaga qarshi «komplaens nazorat» tizimi joriy etilmagan.

Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111 ta korrupsion xatar aniqlangan, shundan 96 tasi (86 foiz) yuqori, 14 tasi (13 foiz) o`rta va 1 tasi past darajadagi korrupsion xatar. Jumladan, qurilish sohasida davlat buyurtmasini tanlov asosida joylashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish funksiyasi, hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, erlarni tanlash, ajratish va xususiylashtirish, investisiya loyihalarini muvofiqlashtirish va majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish, davlat mulkini xususiylashtirish, eksport dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va ishga joylashtirish».

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1