AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatidagi tashlandiq oltin konida noqonuniy ishlar kuzatilayotgani rostmi?

'Navoiy viloyatidagi tashlandiq oltin konida noqonuniy ishlar kuzatilayotgani rostmi?'ning rasmi

Kecha, 14 aprel kuni “SizdanTelegram” ijtimoiy tarmog`i orqali “Navoiy viloyatidagi tashlandiq oltin konida noqonuniy ishlar kuzatilayotgani haqida xabar berilib, IIB va prokuraturasi holatga e`tibor qaratsin”-deb nomlangan videolavha tarqatildi. Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Holat yuzasidan o`rganishlar olib borilishi natijasida aniqlanishicha, ushbu videolavha qish oylarida olingan lavha bo`lib, tuman IIB va hududdagi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan o`zaro hamkorlikda ushbu yo`nalishda muntazam ravishda tezkor tadbirlar o`tkazilib borilgan. 

Jumladan, tumanning “Zarafshon”, “Tinchlik”, “Kattasoy”, “Qoracha”, “Chang`ir”, “Quchchi”, “A.Navoiy”, “maydonsoy”, “Oltinsoy”, “Angidon” va “Baxshijar” MFYlari hududidagi tog`li hududlarida va aholi xonadonlarida ushbu yo`nalishda muntazam ravishda mutasaddilar bilan tezkor tadbirlar o`tkazilib kelinmoqda.

Xususan, tuman IIB, Departamentning tuman bo`limi va DXX tuman bo`limi xodimlari tomonidan 2020 yil davomida 112 ta, joriy yilning o`tgan davrida 22 ta holatda noqonuniy ravishda tarkibida tilla zarralari mavjud bo`lgan qum va toshlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi shaxslar aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko`ra, 2020 yilda 112 nafar, joriy yilning o`tgan davrida 22 nafar huquqbuzarlarning ma`muriy javobgarligi masalasi hal qilinib, jazo muqarrarligi ta`minlangan va noqonuniy ravishda tilla qazib olish hamda qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi shaxslar foydalanib kelgan daliliy ashyolar davlat foydasiga musodara qilingan.

Masalan, 09.02.2021 yilda viloyat IIB, tuman IIB, Departament va DXXning tuman bo`limi xodimlari o`zaro hamkorligida tuman hududida o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 9 ta holat aniqlanib, 13 nafar shaxslarni javobgarligi masalasi ko`rib chiqilgan, tadbir natijasiga ko`ra, 6 ta tosh tegirmon, 1 ta dvijok, 9 ta dvigatel, 50 metr kabel,                   182 qopga solingan tilla zarralari bo`lgan tosh-qumlar, 4 dona tosh maydalagich uskunasi (drabelka), 1 dona bolgarka, 1 ta hujjatsiz Moskvich-412” rusumli avtotransport vositasi, 160 dona har biri 20 litr hajmdagi polietilen idishga solingan kislotaga o`xshash suyuqliklar,                   5 dona elim lagan, 14 dona alyumen qozon, 1 dona elektron tarozi, 1 dona suv bochka, 1 dona shlang (3 metr), 4 dona belkurak, 3 dona ketmon, 3 dona klyuch, 6 dona nov va 6 dona tarnovlar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur videolavhada ko`rsatilgan hududni aniqlash va ushbu manzilda tezkor tadbirlarni o`tkazib, tozalash ishlarini olib borish va huquqbuzarlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta`minlash yuzasidan tuman IIB va boshqa mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko`rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.11.2018 yildagi PQ-4030-sonli “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini aholi o`rtasida keng targ`ib qilish borasidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.   

Tuman prokuraturasi tomonidan hududda ro`y berayotgan voqea-hodisalarni ommaviy-axborot vositalarida, mahalliy va xorijiy Internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali e`lon qilinishi, provokasion materiallarni tarqatilishiga o`z vaqtida munosabat bildirib borilishi alohida nazoratga olingan. Bu borada amalga oshirilgan ishlar xususida kelgusida axborot berib boriladi.   

    Boshqa yangiliklar