AsosiyJamiyat

Nikita Makarenko, eshitib ol, men o`zbekligimdan g`ururlanaman. Izzatingni bilib yursang bo`ldi — Alisher Qodirov

'Nikita Makarenko, eshitib ol, men o`zbekligimdan g`ururlanaman. Izzatingni bilib yursang bo`ldi — Alisher Qodirov'ning rasmi

Sal avval muhokamalar markazida bo`lgan Angren shina zavodiga deputatlar safar qilishdi. Bu haqda ma`lum qilgan "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov ushbu safardan kelib chiqib, ayrim mulohazalarini bildirdi. 

 "Juda ajoyib zavod. Ajoyib jamoa. Xavotirlar tarqaldi.  

Albatta biz mutaxassis emasmiz, sohani qo`l bilan ushlab ko`rdik, savollarimizga javob oldik. GM o`z brendidan foydalanishning muhim shartlaridan biri sifatida etkazib beruvchiga to`liq quvvatda ishlash talabini qo`yadi. Yangi ishga tushgan zavod to`liq quvvatga chiqishi uchun 3 yil vaqt kerak, tan olaman, men uchun yangilik.  

Hukumat zavodni to`liq quvvatda ishlashiga yordam bermayapdi, degan xavotir bor edi. Ta`sischi “O`zkimyosanoat” kompaniyasining raisi J.Mirzamahmudov zavod uchun inqiroz paketidan ajratilgan 40 millard so`mga yaqin ko`mak samarali ishlatilgani haqida ma`lumot berdi. Bu ham bizni qanoatlantirdi.

Iqtisodiyotimizning mustahkam tayanchi - mahalliy ishlab chiqaruvchi, milliy brendimiz “BARS”ni rivojlanishini doimo qo`llab quvvatlaymiz.

Bu safar bilan bog`liq alohida videomahsulot tayyorlayapmiz, kuting.

Biz nima darddayu, kimlarning dardi nima...  

Ishdan qaytib ijtimoiy tarmoqqa bir qarasam, to`palon. Nikita Makarenko ultimatumlar qo`yib tashlabdi...  

Avvalambor zavod rahbariyatiga tashakkur, tadbirga bugunning faol blogerlarini ham taklif qilishgan ekan. Yoqimli tasodif va muloqotdan ajoyib taasurot oldim. O`zimizni jaydari, to`pori, joni bor qorako`zlarimiz. Ko`pi bilan birinchi marta uchrashdim, hurmatim oshdi. Ular juda ko`p holatda meni tanqid qilishadi, rahmat aytdim. Axir pirovard maqsadimiz bir emasmi? Hammamiz bir-birimizni maqtab yuraversak maqsadga etolmaymizku?

Makarenko masalasiga kelsak...  

U bilan ham birinchi marta uchrashdik. Bir-birimizni bilmaymiz. Muloqot uchun imkoniyat edi. Muloqotdan avval o`zbeklarda salomlashiladi, salom berdim, qo`l uzatdim.  

“LGBTlarni yurtdan haydash kerak degan millatchi bilan qo`l berib ko`rishmayman” dedi.  

“Sen meni millatchi deb o`ylaysanmi?” dedim.

“Aqlsiz millatchi deb o`ylayman” dedi.

“G`arazing bilan yasha” dedim va undan uzoqlashdim.  

Suhbat tugadi.  

Qo`limni havoda qolganidan afsusda emasman. Siyosatchi undan nafrat qiladigan 10 foizgacha saylovchilar bo`lishiga ko`nikishi kerak. Bunday insonlar bilan uchrashganda Konfusiyni gapini eslayman: “Botqoqdan kechib o`tib bo`lmaganidek ayrim insonlarga gap tushuntirib bo`lmaydi, har ikki holatda aylanib o`tish kerak”...

Partiyaning matbuot xizmati xodimi jarayondan uzilib qolgandi, menimcha, til bilan bog`liq munosabatim yuzasidan tortishuv bo`ldi deb xulosa qilibdi, unday emas. Lekin munosabatim uning ohangiga jiddiy ta`sir o`tkazganini anglash qiyin emasdi.

Har qanday inqirozning echimi muloqot deb bilaman.  

Muloqotdan qo`rqadigan bu bloger gina-kudrat va kinga to`la kal xulosalari bilan jamiyatga to`g`ri fikrni berishga da`vo qilishi mumkinmi? Menimcha u hech qachon xolis bo`la olmaydi.  

Odamlar to`g`ri savol berayapdi, kim o`zi aslida millatchi?  

Bag`rikeng o`zbek xalqini ishonchini suiste`mol qilish kerakmas! Biz biron vatandoshimizni millati va e`tiqodi uchun kamsitishga haqqimiz yo`q deb Konstitusiyamizda yozib qo`ydik va mamnuniyat bilan amal qilayapmiz.  

Bu xalqning odatlari va qadriyatlarini mensimasdan LGBTga erkinlik ber deyish uyimizda betimizga tupurish emasmi? Qolaversa, bundaylarni vatandoshlikdan mahrum qilish ular uchun yaxshiku? O`ziga o`xshaganlar bilan yashayversin, bizdan uzoqda. O`zbek xalqi ming yilda ham bunday jirkanchlikni huquq deb qabul qilmaydi!  

Nikita Makarenko, eshitib ol, men o`zbekligimdan g`ururlanaman, millatimni yaxshi ko`raman. Boshqa millatli barcha vatandoshlarim boshimiz ustida tojdir. Biz insonni Allohning qudrati bilan yaratilgani uchun hurmat qilamiz, asraymiz. Ota-bobolarimiz shunday tarbiya berishgan. Yaxshilik qilmoqchi bo`lsak millat yoki dinini surishtirmaymiz. Bu “Milliy tiklanish” partiyasining barcha maqsadlariga singgan. Qo`l uzatsak ham samimiy muloqot uchun, avval sog`lik tilab qo`l uzatamiz.  

O`zbekistonda fitna uchun LGBTni ko`tarding, o`xshamadi, endi millatchilikni ko`tarmoqchimisan? Bilib qo`y, "Milliy tiklanish" partiyasi insonparvarlarning partiyasi. Hatto g`alamislarga ham qo`l uzataoladigan darajada kuchli partiya.  

O`zbek eli esa buyuk va bag`rikeng el. Ota-bobongni ham avaylab asragan, sendek hasta evaralarini ham asrab yuraveradi, kerak bo`lsa davolatadi ham. Izzatingni bilib yursang bo`ldi", deya yozib qoldirgan partiya rahbari.

    Boshqa yangiliklar