2021 yilning 1 aprel holatiga faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`ektlari (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) 432 458 ta bo`lib, shundan xususiy korxonalar soni 90 989 tani (21,0 foiz) tashkil qildi.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, faoliyat ko`rsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori ko`rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahri – 12 886 ta
- Farg`ona viloyati – 11 131 ta
- Qashqadaryo viloyati – 9 509 ta
- Namangan viloyati – 7 209 ta
- Surxondaryo viloyati – 7 188 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdoda – 35 093 ta
- sanoatda – 16 171 ta
- yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda – 7 936 ta
- qurilishda – 7 736 ta
- qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligida – 6 582 ta






