Hukumat qarori bilan Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo`yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan kompensasiya ajratish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo`yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan kompensasiya ajratiladi.
Kompensasiya quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:
jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so`mdan;
- quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million so`mdan;
- energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so`mdan oshmaydigan miqdorda;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar bo`yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:
- jismoniy shaxslarga – 500 million so`mdan oshmaydigan kreditlar bo`yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko`p bo`lmagan miqdorda;
yuridik shaxslarga – 5 milliard so`mdan oshmaydigan kreditlar bo`yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko`p bo`lmagan miqdorda.
Ma`lumot uchun: Nizom talablari 2020 yil 1 yanvardan o`z mablag`i va kreditlar hisobidan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilgan va o`rnatgan shaxslarga tatbiq etiladi.






