Ijtimoiy tarmoqda "Zo`ravon va G`o`ddaygan GAI xodimlari" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy ma`lumot berdi.
️Joriy yilning 13 aprel kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari S.Nosirov, M.Begzodov va B.Qosimovlar Chilonzor tumani, KXAY va Bunyodkor ko`chalari kesishgan chorrahaga xizmatga jalb etilgan.
️Xizmat davomida, soat 16:50larda YPX xodimi B.Qosimov belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani to`xtatgan va qoidabuzarligini tushuntirib bayonnoma tuzishini ma`lum qilgan. O`zaro muloqot vaqtida YPX xodimi piyodaga nisbatan nosamimiy munosabatda bo`lganligi video lavhada aks etgan.
️Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






