Samarqand viloyati faollar yig`ilishida Paxtachi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha tuman hokimining hisoboti, takliflari eshitildi.
Shuningdek, tuman faollarining aholini qiynab kelayotgan muammolariga oid murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Yig`ilishda Paxtachi tumanini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, aholining turmush sharoitini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yana qanday yordam kerak bo`lsa, berilishi ta`kidlandi.
Davlatimiz rahbari tuman nomi – Paxtachining ma`nosiga alohida to`xtalib, hudud tarixidan kelib chiqib tuman nomini o`zgartirishni taklif qildi.






