AsosiyJamiyat

Surxondaryoda fuqaro daraxtdan o`rik dovchasini olgani uchun 13 yoshli o`spirinni pichoqladi

'Surxondaryoda fuqaro daraxtdan o`rik dovchasini olgani uchun 13 yoshli o`spirinni pichoqladi'ning rasmi

2021 yilning 12 aprel kuni soat 19:45larda fuqaro 46 yoshli Sh.Ural Termiz shahar “Kokildor-ota” mahallasida joylashgan yashash uyi yonida voyaga etmagan 13 yoshli T.Azizbek  o`ziga tegishli bo`lmagan o`rik daraxtidagi g`o`ra (dovcha)larni olayotganligini ko`rib, unga ketishini aytib haydagan va janjal vaqtida pichoq bilan voyaga etmagan T.Azizbekning qorin sohasiga bir marotaba urib, jarohat etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi. 

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida T.Azizbek hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlar olganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Sh.Uralga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar