AsosiyJamiyat

Quyichirchiqda "tumangaz”ning sobiq nazoratchisi qarzdorlikni yo`q qilib berish evaziga 600 ming so`m olgan vaqtda ushlandi

'Quyichirchiqda "tumangaz”ning sobiq nazoratchisi qarzdorlikni yo`q qilib berish evaziga 600 ming so`m olgan vaqtda ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quyichirchiq tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Quyichirchiqtumangaz” gaz ta`minoti sobiq nazoratchisi O. X. fuqaro L.ning ishonchiga kirib, uning yashash xonadonidagi tabiiy gazdan yuzaga kelgan 1,8 mln so`m qarzdorligini yo`q qilish va 300 ming so`m oldindan to`lov sifatida bazaga kiritib berish evaziga 600 ming so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar