AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi "so`qong`ich" YPX inspektori ishi yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda

'Jizzaxdagi "so`qong`ich" YPX inspektori ishi yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi haydovchini so`kdi" sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi. 

 IIV YHXBB Axborot xizmatiga ko`ra, joriy yilning 12 aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.Po`latov, Z G`aniev va Sh.Murodovlar Jizzax shahar, I.Karimov shoh ko`chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida YPX inspektori Sh.Murodov tomonidan "Vaz-2108" rusumli avtomobil haydovchisi yo`l harakati qoidalarining 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlanganligi bois to`xtatilgan.

YPX xodimi haydovchidan me`yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so`raganda, haydovchi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovchi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma tuzilib, boshqaruvida bo`lgan transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovchi YPX xodimiga e`tiroz bildirib, qarshilik ko`rsatgan. YPX inspektori Sh.Murodov haydovchi bilan muloqat jarayonida nosamimiy munosabatda bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar