1

Prezident Samarqand shahrida ochilgan ko`p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi

Jamiyat 16.04.2021, 18:27
Prezident Samarqand shahrida ochilgan ko`p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi

Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston va Hindiston hamkorligida “Zarmed pratiksha hospital group” nomli qo`shma korxona tashkil etilgan. Uning ta`sischilaridan biri Nishant Bajajning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoevning Hindistonga tashrifi, ishbilarmon doiralar o`rtasida o`tkazilgan uchrashuvlar hamkorlikka ishonch tug`dirgan.

Qo`shma korxonaning dastlabki loyihasi bo`lgan mazkur tibbiyot markazi uchun 8,5 million AQSh dollari sarflangan.

Ko`p tarmoqli tibbiyot markazida 5 ta jarrohlik amaliyoti xonasi, 100 o`rinli stasionar mavjud. Intervension kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, endoskopik jarrohlik, ortopediya va travmatologiya, urologiya va ginekologiya, otolaringologiya faoliyat turlari uchun zamonaviy diagnostika uskunalari o`rnatilgan. Bir vaqtning o`zida 600 kishiga xizmat ko`rsatish quvvatiga ega. Tibbiy xizmatlar xalqaro standartlar asosida kompleks tarzda ko`rsatiladi. Markazda 140 ta yangi ish o`rni yaratilgan.

– Mamlakatimizda xususiy tibbiyotga sharoit yaratilgani natijasida mana shunday zamonaviy klinikalar ko`paymoqda. Endigi vazifa bemorlarga sifatli xizmat ko`rsatib, odamlarning ishonchini qozonish. Davolanish uchun chet elga ketmoqchi bo`lganlarni ham jalb etish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Mutasaddilarga Samarqandda xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat tibbiyot klasterini tashkil etish, xorijda ishlab yurgan samarqandlik shifokorlarni ishga taklif etish uchun viloyat hokimligida jamg`arma tuzib, ularni uy-joy bilan ta`minlash bo`yicha topshiriqlar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1