AsosiyJamiyat

Buxoroda kanalga tushib ketgan Matiz va uning haydovchisi PPX xodimlari tomonidan qutqarib qolindi

'Buxoroda kanalga tushib ketgan Matiz va uning haydovchisi PPX xodimlari tomonidan qutqarib qolindi'ning rasmi

Bugun, 16 aprel kuni soat 17:00 larda Buxoro viloyatida haydovchisi bilan cho`kayotgan Matiz rusumli avtomobil post patrul xizmati xodimlari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabar qilinishicha, Gulchorbog` mahallasidan oqib o`tuvchi kanalga Matiz rusumli davlat raqami 80A508QA bo`lgan avtomashina, haydovchining ehtiyotsizligi sabab tushib ketib, oqib ketayotganligini ko`rgan, Buxoro shahar 4-son IIB ma`muriy hududida xizmat olib borayotgan, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, PPX bataloni 3-otryad xaydovchi xodimi safdor Sayidov Axmadjon Azimovich xamda ushbu batalon 4-otryad xodimi safdor Abdullaev Nodirbek Ne`matovichlar zudlik bilan o`zini suvga tashlab, suvda oqayotgan haydovchining hayotini qutqarib qolib, avtomashinani suvdan chiqarish choralarini ko`rganlar.

Hayoti qutqarib qolingan haydovchining shaxsiga oydinlik kiritilganda aniqlanishicha, u 1983 yilda tug`ilgan, Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi, ikkinchi guruh nogironi Raxmatov Komil Temirovich ekanligi ma`lum bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar