1

Bank tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta`minlash borasidagi ishlarga doir seminar tashkil etildi

Jamiyat 16.04.2021, 19:42
Bank tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta`minlash borasidagi ishlarga doir seminar tashkil etildi

Markaziy bankda respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari ishtirokida 2020 yil mobaynida bank tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta`minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga bag`ishlangan o`quv seminari o`tkazildi.

Seminarda Markaziy bank tomonidan bank axborot tizimlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta`minlash bo`yicha o`tgan yilda amalga oshirilgan ishlarga birma-bir to`xtalib o`tildi.  

Xususan:

▪️pandemiya sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank tomonidan banklar bilan hamkorlikda masofadan ishlashda axborot muhofazasini ta`minlash va xatarlarga qarshi ta`sir choralarini ko`rish hamda internetdagi axborot tizimlarida yuzaga kelgan nohush hodisalarning oldini olish bo`yicha tegishli ishlar amalga oshirilgani;

▪️respublikamizda yuz berayotgan kiberinsidentlarni aniqlash hamda ularga qarshi ta`sir choralarini ko`rish bo`yicha tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan o`zaro samarali hamkorlik yo`lga qo`yilgani;

▪️bank tizimida kiberinsidentlar ro`y bermasligining oldini olish bo`yicha Markaziy bank tijorat banklari va to`lov tashkilotlariga tezkor ogohlantirishlar berish amaliyotini joriy qilgani qayd etib o`tildi.

Shu bilan birga, “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi qonunning 60-moddasiga asosan, tijorat banklarida avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar, to`lov tizimlari operatorlari va to`lov xizmatlari etkazib beruvchilarining to`lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta`minlash bo`yicha nizomlar ishlab chiqildi va davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Seminar davomida bankomatlarga bo`layotgan tajovuzlarning oldini olish bo`yicha Milliy gvardiya qo`riqlash xizmati bilan birgalikda ilg`or muhandislik texnik vositalarini qo`llash va uning afzalliklari bo`yicha ko`rgazmali stend hamda undan foydalanish bo`yicha video o`quv qo`llanma namoyish etildi.  

Interaktiv tarzda o`tgan seminarda ishtirokchilar bank axborot tizimini rivojlantirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta`minlashga oid o`z taklif va fikr-mulohazalarini bildirib, bilim va ko`nikmalarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1