AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada koronavirusning yana bir yangi shtammi aniqlandi. Yangi mutasiya o`ta yuqumli bo`lishi mumkin

'Buyuk Britaniyada koronavirusning yana bir yangi shtammi aniqlandi. Yangi mutasiya o`ta yuqumli bo`lishi mumkin'ning rasmi

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi, yanada xavfli shtammi aniqlangan. Ushbu mutasiya Janubiy Afrika va Braziliya shtammlariga qaraganda yuqumli bo`lishi mumkin.

“Mamlakat sog`liqni saqlash boshqarmasi yangi mutasiyaga "ko`rib chiqilayotgan variant" maqomini berdi. Dastlab, Hindistonda aniqlangan ushbu shtamm bir nechta mutasiyaga ega”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu mutasiya 77 kishida tasdiqlangan. Mutaxassislar ular bilan aloqada bo`lgan odamlarni aniqlashga kirishgan.

Sharqiy Angliya tibbiyot universiteti professori Pol Xanter yangi shtammda ikkita mutasiyasi mavjudligini qo`shimcha qilgan.

“Bu hatto Braziliya va Janubiy Afrika variantlariga qaraganda vaksinalar tomonidan kamroq nazorat qilinishi mumkin”, deydi professor.

    Boshqa yangiliklar