1

Farg`onalik ayolni Milliy gvardiya xodimi tayoq bilan urgani rostmi? Holat yuzasidan sud ishlari ko`rib chiqildi

Jamiyat 16.04.2021, 21:01
Farg`onalik ayolni Milliy gvardiya xodimi tayoq bilan urgani rostmi? Holat yuzasidan sud ishlari ko`rib chiqildi

Ijtimoiy tarmoqlarda farg`onalik ayolning Milliy gvardiya xodimi tayoq bilan urganligi haqidagi videolavhasi tarqaldi. Xo`sh, uning kaltaklangani rostmi, mazkur voqea qanday ro`y bergandi?

14 aprel kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Toshloq tuman sudida D.Umarova va N.Madrahimovalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 52-moddasining 2-qismi (qasddan badanga engil tan jarohati etkazish) bilan yuritilgan ma`muriy ish hujjatlari ko`rib chiqildi.

Ish holatiga ko`ra, D.Umarova 2020 yil 22 iyun kuni soat 20:00larda Toshloq tumani «Qanjirg`a» mahalla fuqarolar yig`inida D.Madrahimovni qonuniy turmush o`rtog`i N.Madrahimova bilan o`zaro gap talashib qolgan. Buning sabablari bor edi. D.Umarova va D.Madrahimovlar ilgari shar`iy nikoh asosida yashagan. Ikki ayolning jiqqamushtligi ham shundan edi. Ular bir-birlarini uyatli so`zlar bilan so`kib haqorat qiladi, janjallashib bir-birining tanasiga tan jarohati etkazadi.

Ikki ayol o`zaro yoqalashib turganida D.Madrahimovni akasi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.Madrahimov D.Umarovani ajratib olish paytida unga engil tan jarohati etkazadi.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida N.Madrahimovani o`ng elkasini oldingi yuzasini yuqorigi qismidagi qontalash, chap tirsak bo`g`imini ustki yuzasidagi, chap va o`ng tizza bo`g`imlarini ustki yuzalaridagi shilinmalar aniqlanib, bu tan jarohatlari 6 kundan ko`p davom etmaydigan engil shikastlar toifasiga kirishi ko`rsatilgan. D.Umarovada ham engil shikastlar bo`lgan hamda ekspertiza xulosasida ko`rsatilgan. Qo`shimcha sud tibbiy ekspertizasining 2021 yil 1 martdagi xulosasida D.Umarovani yuz sohasida ozgina seziladigan chandiq mavjud bo`lib, chap ko`z ostidagi yuzaki jarohatning bitganidan qolganligi va bu jarohat bitib ketadigan jarohatlar turkumiga kirishi, shuningdek, ushbu chandiq yuz assimetriyasiga va funksional o`zgarishlarga sabab bo`lmaganligi qayd etilgan.

Milliy Gvardiya «Dinamo» jismoniy tarbiya-sport jamiyatining 2020 yil 5 oktyabrdagi buyrug`i bilan harbiy xizmatchi A.Madrahimov D.Umarovani haqorat qilib, unga qasddan engil tan jarohati etkazgani sababli unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 16-moddasi tartibida «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.

Sud D.Umarovaning suddagi, N.Madrahimova, D.Madrahimov va A.Madrahimovlarning surishtiruvdagi ko`rsatmalarini eshitib, yakuniy xulosaga keldi. Qaror bilan D.Umarova va N.Madrahimovani har biriga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan jarima jazolari tayinladi. Huquqbuzarlarga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 324 (1-3)-moddalari tartibida apellyasiya tartibida shikoyat qilish huquqlari borligi tushuntirildi.

Abrorxon Akramov,

Jinoyat ishlari bo`yicha

Toshloq tuman sudi raisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1