1

Bekobodlik fuqaro o`zganing do`konini o`ziniki qilib ko`rsatib sotmoqchi bo`ldi

Jamiyat 17.04.2021, 09:34
Bekobodlik fuqaro o`zganing do`konini o`ziniki qilib ko`rsatib sotmoqchi bo`ldi

Bekobodlik fuqaro o`zganing do`konini o`ziniki qilib ko`rsatib sotmoqchi bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Bekobod tuman IIB boshlig`i nomiga 42 yoshli K.Aysara ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilning dekabr oylarida tanishi 43 yoshli M.Farxad uning yakka tadbirkorlik bilan shug`ullanishidan xabar topib, Zafar shaharchasida do`koni borligini ushbu do`konini unga sotishini aytib oldindan 3 150 AQSh dollar va 2 000 000 so`m pullarni olib ketganligini, keyinchalik ushbu do`kon umuman boshqa shaxsga tegishli ekanligini bilganligini, shu kunga qadar M.Farxad firibgarlik yo`li bilan olgan pullarini bermasdan kelayotganligini ma`lum qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, M.Farxad vaqtinchalik hech qaerda ishlamasligi, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan M.Farxadga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1