1

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi UNESCO ishtirokida nishonlanadi

Jamiyat 17.04.2021, 15:19
Teglar: Abu Rayhon Beruniy
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi UNESCO ishtirokida nishonlanadi

2022-2023 yillarda buyuk ajdodimiz – yirik olim va faylasuf Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi UNESCO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta`lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo`yicha maxsus tashkiloti) ishtirokida nishonlanadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi xabar berdi. 

UNESCO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Komissiyasi raisi Aziz Abduxakimovning ma`lum qilishicha, UNESCO Ijroiya kengashi 211-yig`ilishi doirasida shunga oid qaror tasdiqlangan.

Ta`kidlash joizki, ushbu taklif O`zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan Tojikiston, Eron va Turkiya davlatlari yordamida ishlab chiqilgan edi. Endi esa mazkur masala joriy yilning noyabrida Fransiyaning Parij shahrida bo`lib o`tadigan UNESCO  Bosh anjumani 41-yig`ilishida tasdiqlash uchun kiritiladi.

“Mamlakatimizning UNESCO bilan kengayib borayotgan hamkorligidagi yana bir muhim qadami bilan hammani chin qalbimdan tabriklayman”, - deydi Aziz Abduhakimov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1