O`zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan ikki vaksina JSST ro`yxatiga kiritildi

Jamiyat 17.04.2021, 16:33
Teglar: vaksina, JSST
O`zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan ikki vaksina JSST ro`yxatiga kiritildi

Koronavirusga qarshi O`zbekiston olimlari tomonidan yaratilayotgan 2 vaksina JSST nomzod-vaksinalar ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi xabar berdi. 

O`zbekiston Respublikasi olimlari tomonidan yaratilayotgan ikki vaksina – Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazining koronavirus  S oqsili asosidagi rekombinant vaksinasi  hamda Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazining SARS-Cov-2ning oqsil bo`lagining uch sohasi: pcDNA3. 1 (+) plazmidasiga qo`yilgan NTD, RBD va HR1-HR2 vaksinasi Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining nomzod vaksinalar ro`yxatiga kiritildi. Mazkur ikki vaksina hozirda klinik oldi sinovlaridan o`tmoqda.

JSSTning ma`lumotlar bazasi COVID-19 vaksinasiga qarshi vaksina-nomzodlari to`g`risida to`liq ma`lumotlarni yig`ib boradi. Mazkur baza muntazam ravishda – haftasiga ikki marta yangilanadi. Unda COVID-19ga qarshi nomzod-vaksinalarning klinik va klinik oldi jadvali keltirilgan bo`lib, nomzod-vaksinalarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Har bir vaksinaning 1-faza, 2-faza va 3-faza sinovlari kuzatiladi. Vaksinalarning xavfsizligi va samaradorligi to`g`risidagi ilmiy maqolalarga havolalar beriladi. Shuningdek, bu baza har bir nomzod-vaksinaning asosiy xususiyatlari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. O`z navbatida mazkur platforma orqali COVID-19 qarshi yaratilayotgan vaksinalar turli kriteriylar, xususan vaksina platformasi, vaksinasiya grafigi, qo`llash usuli, ishlab chiqaruvchisi, sinov fazasi, klinik natijalar bo`yicha tasniflangan.

Sharhlar

Sakkiz haftadan buyon dunyoda COVID-19 dan o`lim ko`rsatkichlari ortmoqda — JSST

25.01.2023, 11:28

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus 2022 yilning dekabr oyidan buyon dunyoda koronavirus qurbonlari soni ortib borayotganini ma`lum qildi. Bu haqda SSV matbuot...
Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
Dunyo bo`ylab kasallanishning yangi to`lqini kutilmoqda — JSST

05.01.2023, 11:00

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda ro`yxatga olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, bu...
O`tgan haftada har 44 soniyada bir kishi koronavirus tufayli hayotdan ko`z yumdi — JSST

09.09.2022, 16:01

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida keltirilishicha, o`tgan haftada dunyo bo`yicha har 44 soniyada bir kishi COVID-19dan vafot etgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1