1

Sirdaryolik odamfurush qoraqalpoq qizni Turkiyaga fohishalik uchun olib ketayotgan vaqtida qo`lga olindi

Jamiyat 18.04.2021, 10:48
Sirdaryolik odamfurush qoraqalpoq qizni Turkiyaga fohishalik uchun olib ketayotgan vaqtida qo`lga olindi

2021 yilning 17 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Sirdaryo viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi hamda Guliston shahar IIO FMB TEQKB xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyati yuzasidan tadbir o`tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan xabar berilgan.

Xabarga ko`ra, tadbir davomida 1983 yilda Sirdaryo viloyatida tug`ilgan, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi fuqaro D.T, 1991 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida tug`ilgan, turmushga chiqmagan, Guliston shahrida yashovchi fuqaro N.Kni “Spark” avtomashinada Toshkent shahridagi xalqaro aeroport orqali Turkiya davlati, Antaliya shahriga foxishalik bilan shug`ullanish uchun olib ketayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olingan.

"Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1