1

Kecha O`zbekistonda koronavirusni yana 342 nafar fuqaro yuqtirib olgan, 2 nafar bemor vafot etgan. 109 nafar bemor o`ta og`ir ahvolda

Jamiyat 18.04.2021, 13:07
Kecha O`zbekistonda koronavirusni yana 342  nafar fuqaro yuqtirib olgan, 2 nafar bemor vafot etgan. 109 nafar bemor o`ta og`ir ahvolda

SSVning xabar berishicha, 2021 yil 17 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86680 (+342) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 29 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  •  50 nafari Toshkent viloyatida,
  • 221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar,
  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 22 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 37 nafar,
  • Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 84043 (+205) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

 

️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 638 nafarni tashkil qildi.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1999 nafar bemordan 238 nafari og`ir, 109 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1