1

Yakkasaroydagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi (video)

Jamiyat 19.04.2021, 09:05
Yakkasaroydagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi (video)

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, 18 aprel kuni soat 20:46 da tumanning Qushbegi massivida joylashgan sintepon ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`lgani to`g`risida xabar Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga kelib tushgan.

Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 10 ga yaqin yong`in-qutqaruv ekipajlari etib borgan. Soat 21:21 da yong`in qurshab olinib, 21:41 da to`liq o`chirilgan. Yong`in natijasida jabrlanganlar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1