AsosiySiyosat

Asr loyihasi: “Dengiz portlarigacha chiqsak, mahsulotlarimizga munosabat o`zgaradi” - Prezident

'Asr loyihasi: “Dengiz portlarigacha chiqsak, mahsulotlarimizga munosabat o`zgaradi” - Prezident'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqand viloyatiga tashrifi chog`ida bo`lib o`tgan faollar yig`ilishida “Asr loyihasi” deya ta`riflanayotgan “Mozori Sharif-Kobul-Peshavor” temir yo`li qurilishi masalasiga ham to`xtalib o`tildi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri.

Har qanday iqtisod uchun temir yo`lning o`rni juda katta. Agar shu vaqtgacha Xitoy yoki boshqa Osiyo davlatlariga olib chiqadigan temir yo`l qurganimizda edi, qo`shimcha bozorlar paydo bo`lardi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz tannarxi 60-70 foizga kamaygan bo`lardi. Biz shu vaqtgacha faqat Rossiya va Qozog`istonga eksport qilib kelmoqdamiz. Mahsulotimizni chiqarish uchun bizda boshqa yo`l yo`q. Shunday bo`lgach, yo`l haqi ham shunga yarasha katta bo`ladi. Istagan vaqtlarida mahsulotlarimizni rad etishlari mumkin. Agar bizda boshqa muqobil tanlov bo`lganida edi, O`zbekistonning mahsulotlariga munosabat ham boshqacha bo`lar edi. Raqobat oshardi. Shu maqsadni amalga oshirish uchun Afg`oniston orqali temir yo`l quryapmiz. U bitib, ishga tushsa, Afg`oniston va Pokiston orqali dengiz portlariga chiqish imkoniyati paydo bo`ladi. Loyihani amalga oshirish oson bo`lmayapti, buning uchun xorijdagi hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib boryapmiz. Bu yo`l qurilishidan biz qatori Afg`oniston ham, Pokiston ham birdek manfaatdor”, — dedi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar