Samarqand shahridagi 15 ta umumiy o`rta ta`lim maktabining o`qituvchi va o`quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli ushbu maktablarda bugundan boshlab 14 kunga o`quv jarayoni masofaviy shaklda o`tkazildi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Onlayn ta`limga o`tgan maktablar 8,10, 17, 29, 31, 36, 37, 45, 46, 50, 51, 55, 65, 69 va 1-IDUMlardir.
Endilikda Samarqand shahridagi 26 ta maktabda bolalarga ta`lim berish tizimi onlayn tartibda olib boriladi. O`quv jarayoni masofaviy shaklga o`tkazilgan har bir maktab binosi to`liq dezinfeksiya qilinib, 14 kundan so`ng, ya`ni o`qituvchi va o`quvchilardan olinadigan tibbiy test natijalariga qarab oflayn o`qish tizimiga o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, bir necha kun oldin 12 va 14-maktab o`quvchilari onlayn tarzda o`qitilayotgani haqida xabar qilgan edik. Ushbu maktablarda aniqlangan bemorlar davolandi va ayni paytda muassasada ta`lim berish tizimi an`anaviy tarzda olib borilyapti.