1

Ruslan Nuriddinov jahon rekordini yangiladi va Osiyo chempioni bo`ldi

Sport 24.04.2021, 23:38
Teglar: Ruslan Nuriddinov, Osiyo chempioati
Ruslan Nuriddinov jahon rekordini yangiladi  va Osiyo chempioni bo`ldi

Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida qizg`in davom etayotgan og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasidagi Osiyo chempionati ertaga yakunlanadi. Musoboqada erkaklar o`rtasida -109 kg vazn toifasidagi atletlar o`rtasida kechgan bahsda hamyurtlarimiz umumiy hisobda 6ta medalga egalik qilishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi. 

Quvonarli jihati, bugunning o`zida yosh, umidli sportchimiz Akbar Jo`raev Osiyo rekordini yangilagan bo`lsa, oltin medalni qo`lga kiritgan Ruslan Nurudinov jahon rekordini o`rnatdi.

Dast ko`tarish mashqida xitoylik atlet Yang Chje sportchilarimizga jiddiy raqobat taqdim etdi va 200 kg toshni o`ziga bo`ysundirgan holda jahon rekordini yangiladi. Ushbu yo`nalishda Akbar Jo`raev 194 kg natija bilan kumush, Ruslan esa 188 kg natija bilan bronza medalini qo`lga kiritdi.

Siltab ko`tarish mashqida esa oltin medal uchun kurash faqat hamyurtlarimiz o`rtasida kechdi. Dast ko`tarish mashqida g`olib chiqqan xitoylik Yang Chje bu yo`nalishda 225 kg natija bilan o`z yurishini to`xtatdi. Xitoylik atletning bu ko`rsatkichi unga ikki kurashda bronzani taqdim etdi.

O`zining ikkinchi urinishida 234 kg toshni ko`tara olgan Akbar Jo`raev ham siltab ko`tarish, ham ikki kurashda Osiyo rekordini yangiladi. Ammo, uning rekordini birozdan keyin Rio-2016 olimpiadasi g`olibi, Osiyo va jahon chempioni Ruslan Nurudinov ortda qoldirdi. U o`zining ikkinchi urinishida 235 kg natija qayd etgan bo`lsa, so`nggi urinishida 241 kg toshni o`ziga bo`ysundirdi va katta sportga qaytishini shu tariqa olamshumul g`alaba bilan qarshi oldi.

Musobaqa g`oliblari Milliy olimpiya qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Ravshan Ermatov hamda MOQ raisining o`rinbosari Azizjon Komilovlar tomonidan taqdirlandi.

Sharhlar

Меҳмон 25.04.2021, 06:42
Olg'a Ruslan senga yanada yangi marralar tilaymiz
Ruslan Nuriddinov Islom birdamligi o`yinlarining rekordini o`rnatdi

15.08.2022, 18:35

Taniqli og`ir atletikachimiz, Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov chempionlikka erishgan musobaqalari sonini yana bittaga ko`paytirdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, Islom...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1