Poytaxtda start olgan qilichbozlik bo`yicha Tokio-2020 lisenzion musobaqasi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining ma`lum qilishicha, biroz avval hamyurtimiz Sherzod Mamutov Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritdi.
Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o`tgan vakilimiz chorak finalda Singapur, yarim finalda Qozog`iston vakilini mag`lubiyatga uchratishga muvaffaq bo`ldi. Olimpiada yo`llanmasi uchun kechgan final bellashuvida gong konglik Xo Tin Lovni mag`lubiyatga uchratdi. Bu bilan yosh sablyachimiz Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari yo`llanmasini ham naqd qildi.






