AsosiySport

Polshada o`tkazilgan boks bo`yicha jahon chempionati g`oliblari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

'Polshada o`tkazilgan boks bo`yicha jahon chempionati g`oliblari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi'ning rasmi

13-23 aprel kunlari Polshaning Kelse shahrida bo`lib o`tgan boks bo`yicha yoshlar o`rtasida jahon chempionati ishtirokchilari bugun tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Kutib olish marosimida Turizm va sport vazirining o`rinbosari Avazjon Karimov, Milliy olimpiya qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisining o`rinbosari, O`zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Aziz Kamilov, MOQ raisining o`rinbosari, O`zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Saken Polatov hamda federasiya rahbariyati, sportchilarning oila a`zolari va yaqinlari, muxlislar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Eslatib o`tamiz, musobaqa davomida O`zbekiston terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumush va 6ta bronza medalini qo`lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar