AsosiyDunyo

Bag`doddagi shifoxonada yuz bergan yong`in 80 dan ortiq insonni umriga zomin bo`ldi. U erda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan edi

'Bag`doddagi shifoxonada yuz bergan yong`in 80 dan ortiq insonni umriga zomin bo`ldi. U erda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan edi'ning rasmi

Bag`doddagi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar uchun jihozlangan shifoxonada yuz bergan yong`inda kamida 82 kishi halok bo`ldi va 110 kishi jarohat oldi. Bu haqda Al-Hadath telekanaliga tayanib Meduza xabar berdi.

Bag`dod janubi-sharqidagi Ibn al-Xatib kasalxonasida yong`in 24 aprel kuni sodir bo`lgan. Bu kislorod saqlanadigan omborxonadagi portlashdan keyin boshlandi. Ba`zi shifoxonadagi bemorlar olovdan qutulish uchun derazalardan sakrab tushishgan. Ikki qavatli bino deyarli butunlay yonib ketgan.

Iroq Sog`liqni saqlash vazirligi hanuzgacha o`lganlar va yaradorlar to`g`risida rasmiy ma`lumotlarni oshkor qilmayapti, kasalxonadan 200 ga yaqin odam qutqarilganini ta`kidlamoqda. Al-Hadad ta`kidlaganidek, oldinroq yong`in tufayli 23 kishi vafot etgan, 50 ga yaqin odam jarohat olgani haqida xabar berilgan edi. Reuters 27 kishining o`lganligini xabar qildi.

Yong`in sodir bo`lganidan so`ng, ba`zi siyosatchilar, jamoat arboblari va parlament a`zolari Iroq sog`liqni saqlash vaziri Hasan at-Tamimining iste`fosini talab qilishdi.

Iroqda uch kunlik motam e`lon qilindi.

Boshqa yangiliklar