AsosiyDunyo

Turkiyaning Thodex kriptobirjasi ishlashdan to`xtadi. Uning bosh direktori esa $2 mlrd miqdordagi pullar bilan birga izsiz yo`qolgan

'Turkiyaning Thodex kriptobirjasi ishlashdan to`xtadi. Uning bosh direktori esa $2 mlrd miqdordagi pullar bilan birga izsiz yo`qolgan'ning rasmi

Turkiyaning Thodex kriptobirjasi ishlashdan to`xtadi. Uning bosh direktori esa $2 mlrd miqdordagi pullar bilan birga izsiz yo`qolgan. Turk hukumati firibgarlik yuzasidan jinonat ishi qo`zg`atgan. Bu haqda spot.uz vc.ru xabariga tayanib ma`lum qildi.

Bloombergning xabar berishicha, 21-aprel kuni Thodex sayt 5 kunlik tanaffus e`lon qilganini xabar beradi. Keyinchalik esa u butunlay ishdan chiqqan.

Demiroren nashrining xabar berishicha birja bosh direktori Faruk Fatih O`zer barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o`chirib tashlagan va Albaniyaga uchib ketgan.

Turkiya hukumati ish yuzasidan O`zerni qamoqqa olish uchun xalqaro order taqdim etishdi. Hozirga kelib 62 nafar odam qo`lga olingan yana 16 nafari qidiruvda.

Thodex- 2017-yilda tashkil etilgan Turkiya kriptobirjasidir, maydon foydalanuvchilarining soni 390 mingni tashkil etadi.

 

    Boshqa yangiliklar