AsosiyDunyo

Vaziyat og`ir: Turkiyada to`liq lokdaun e`lon qilindi

'Vaziyat og`ir: Turkiyada to`liq lokdaun e`lon qilindi'ning rasmi

Turkiya hukumati 29 apreldan 17 maygacha mamlakatda to`liq blokirovka qilishni qaror qildi. Bu haqda respublika prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an Vazirlar Mahkamasining majlisidan so`ng ma`lum qildi, deya xabar berdi TASS uning so`zlariga tayanib.

Davlat rahbari ushbu davrda barcha idoralar va ish joylari yopiq bo`lishini ta`kidladi, faqat Ichki ishlar vazirligi tomonidan kelishilgan holda. "Shaharlararo sayohatlar majburiy ruxsatnoma bilan amalga oshiriladi, jamoat transporti 50 foiz yuk bilan ishlaydi", deya qo`shimcha qildi u.

Ta`kidlanishicha, joriy qilingan rejim 29 aprel kuni soat 19.00 dan boshlab ishlay boshlaydi va 17 may kuni ertalab soat beshgacha davom etadi.

Mavzuga doir:

Turkiyaga borishni rejalashtirayotgan o`zbekistonliklar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi

    Boshqa yangiliklar