1

"Ilhaq" endi rus tilida ham namoyish etiladi

Madaniyat 28.04.2021, 12:55
"Ilhaq" endi rus tilida ham namoyish etiladi

O`zbekiston Kinematografiya agentligi (O`zbekkino MA) buyurtmasiga binoan rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan "Ilxaq" badiiy filmi rus tiliga tarjima qilindi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu badiiy film ikkinchi jahon urushi davrida ro`y bergan hayotiy voqealarga asoslangan. Unda besh o`g`ilni o`stirib ulg`aytirgan va ularni urushda yo`qotgan ona Zulfiya Zokirovaning dardi, alamli kechinmalari va azoblari tasvirlangan.

- Oldinda G`alabaning 75 yilligi yaqinlashib kelmoqda. O`tgan yili xuddi shu vaqtda katta premerasi o`tkazilgan "Ilhaq" filmi nafaqat o`zbek kinomuxlislari, balki rusiyzabon tomoshabinlarda ham katta qiziqish uyg`otgandi. O`shanda film ijodkorlari nomidan keyingi yil G`alaba bayramigacha filmni rus tilidagi variantini ham taqdim qilamiz deb va`da bergan edik. Mana va`damizning ustidan chiqayapmiz. Filmning rus tilidagi varianti keng namoyishlarga tayyor. Yaqin kunlarda ingliz tilidagi subtitrli versiyasini ham taqdim qilamiz. "Ilhaqni"ni nafaqat vatanimizda, balki qo`shni davlatlar Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`izistonda ham namoyish qilish niyatidamiz, - dedi film rejissyori.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1