AsosiyJamiyat

"Yil oxiriga qadar O`zbekistonda optik tola kirib bormagan maktab qolmaydi" — Xalq ta`limi vazirligi

'"Yil oxiriga qadar O`zbekistonda optik tola kirib bormagan maktab qolmaydi" — Xalq ta`limi vazirligi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Rustam Karimjonov ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2020 yilda optik tolali aloqa liniyalarini tortish ishlari 7155 ta (71 %) maktablarda amalga oshirilgan. Joriy yil yakuniga qadar bu ko`rsatkich 10 008 ta (100 foiz)ga etkazish ko`zda tutilgan.

Bugungi kunda internet tarmog`iga ulangan maktablar “EDUCATION” tarifiga ulangan va maktab quvvatidan kelib chiqib, 10/40/100 Mbit/s tezlikda ishlaydi.

 Bugungi kunda maktablarda ichki lokal tarmoq uskunalari hamda Wi-Fi qurilmalar bilan ta`minlangan maktablar soni 4000 mingdan oshdi. 2021 yil yakuniga qadar 7 mingga yaqin maktablarni ichki lokal tarmoq infatuzilmasi bilan ta`minlanadi.

Shuningdek, kelgusida barcha maktablarni va ulardagi kompyuterlarni bog`lovchi yagona “Elektron ta`lim” korporativ tarmog`i yaratilishi ko`zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar