AsosiyDunyo

Tojik-qirg`iz chegarasida qurolli to`qnashuv ro`y berdi. Qurbonlar bor... (video)

'Tojik-qirg`iz chegarasida qurolli to`qnashuv ro`y berdi. Qurbonlar bor... (video)'ning rasmi

Tojikiston-Qirg`iziston chegarasida qurolli to`qnashuv yuz berdi. Bu haqda RBS xabar bermoqda. 


Ma`lum bo`lishicha, 28 aprel kuni tojikistonlik harbiylar "Golovnoy" suv taqsimlash punkti yonidagi elektr ustuniga videokameralar o`rnatganidan keyin Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida mahalliy aholi o`rtasida mojaro kelib chiqqan.

Mahalliy aholi kamerani Qirg`iziston hududida joylashgan postdan olib tashlashni so`rashgan. Ammo, Tojikistonning Isfara viloyati hokimi Baxovidin Baxodirzoda bu talabni bajarishdan bosh tortgan va o`rtada janjal kelib chiqqan.  

Dastavval, tomonlar bir-birlariga tosh otishgan. Bir mahalliy aholining ko`ziga o`q uzilgan. Umumiy to`rt kishi tibbiy yordamga murojaat qilganligi aytilmoqda.

Mojaroni hal qilish uchun shtab-kvartirasi tuzilganligi ma`lum qilingan. Tojikistonning So`g`d viloyati va Qirg`izistonning Botken viloyati rahbarlari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tgan. Tomonlar mojaroni mintaqa vakillari darajasida hal qilishga kelishib olgani ma`lum qilingan.  

Bugun esa chegarada vaziyat o`ta keskinligicha qolayotgani haqida xabar berildi. Ikki mamlakat harbiylari o`rtasida otishma bo`lib o`tdi, Tojikistonning ikki fuqarosi yaralandi. Qirg`iziston Sog`liqni saqlash vazirligi qurbonlar soni 8 kishiga etganini xabar qilmoqda.  

Suv oladigan joy yaqinida joylashgan qishloqlar aholisi o`rtasida to`qnashuvlar oldin ham sodir bo`lganligi, xususan, 2014 yilda ikkala tomonning to`qnashuvlaridan birida 9 kishi jarohat olganligi ham qo`shimcha qilingan.

Qirg`iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi  esa Tojikiston bilan chegaradagi otishmada 15 nafar jarohat olganini xabar qilmoqda.

Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov hukumat a`zolari bilan Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat bo`yicha tezkor yig`ilish o`tkazdi, deb xabar bergan uning matbuot xizmati.  

Tezkor yig`ilish natijasida Bosh vazirning birinchi o`rinbosari Artem Novikov boshchiligida mavjud vaziyatni tartibga solish va o`rganish uchun ishchi guruh tuzish to`g`risida qaror qabul qilingani ma`lum qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar