Prezident Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga etib bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Ashxobod xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari – tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov kutib oldi.
Ayni paytda tashrif dasturidan o`rin olgan tadbirlar boshlandi.