AsosiyDunyo

Qirg`iz-tojik mojarosi tugadi, yo`llar ochilyapti

'Qirg`iz-tojik mojarosi tugadi, yo`llar ochilyapti'ning rasmi

Tojikiston va Qirg`iziston prezidentlari vaziyatni telefon orqali muhokama qilib, may oyida uchrashishga  kelishib oldilar.

Ayni paytda barcha turdagi qo`shinlar va harbiy texnika doimiy dislokasiya joylariga qaytmoqda.

Fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun yo`llar ochilyapti. Ertaga, 1 may kuni Botken viloyatida ikki mamlakat hukumatlararo komissiyalarining yig`ilishi bo`lib o`tadi.

Emomali Rahmon va Sadir Japarovning shaxsiy aloqalari ularning Shavkat Mirziyoev bilan suhbatlashganidan keyin bo`lib o`tdi. O`zbekiston prezidenti tomonlarni vaziyatni normallashtirishga chaqirgan edi.

Avvalroq Toshkent Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasidagi do`stona munosabatlarni mustahkamlash va barcha ziddiyat va kelishmovchiliklarni faqat oqilona murosa asosida hal qilishga bir necha bor chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar