AsosiyDunyo

Qirg`izistonda milliy motam kunlari e`lon qilindi

'Qirg`izistonda milliy motam kunlari e`lon qilindi'ning rasmi

Prezident Sadir Japarov imzolagan farmonga ko`ra, 2021 yil 1-2 may kunlari Qirg`iziston Respublikasida milliy motam kunlari deb e`lon qilingan

29-30 aprel kunlari Botken viloyatidagi qirg`iz-tojik chegarasida sodir bo`lgan qurolli to`qnashuv natijasida ko`plab fuqarolar va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar va jarohatlar mavjud. Qurolli to`qnashuv shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarga katta miqdordagi moddiy zarar etkazilishiga olib keldi, deb xabar qilgan prezident matbuot xizmati.

Shu sababli 2021 yil 1 va 2 may kunlari Qirg`iziston Respublikasida milliy motam kunlari deb e`lon qilinishi; butun respublika bo`ylab milliy motam kunlarida, shuningdek chet eldagi diplomatik va konsullik idoralarida Qirg`iziston Respublikasining davlat bayroqlarini tushirilishi; madaniy muassasalar va teleradiokompaniyalarga milliy motam kunlarida ko`ngilochar tadbirlar va dasturlarni bekor qilishni taklif qilishga aror qilindi.

Shuningdek, qarorda Qirg`iziston hukumati mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlari bilan birgalikda halok bo`lganlarning va jarohat olganlarning oilalariga yordam ko`rsatish uchun zarur choralarni ko`rishi aytib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar