1

Komil Yormatov tavalludiga 118 yil to`ldi

Madaniyat 02.05.2021, 10:29
Teglar: Komil Yormatov
Komil Yormatov tavalludiga 118 yil to`ldi

O`zbekiston xalq artisti, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi, atoqli kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov 1903 yil 2 may kuni Tojikistonda tavallud topgan. 1931 yili S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya institutini tamomlagan. 1941 yildan “O`zbekfilm” kinostudiyasida badiiy rahbar sifatida ishlay boshlagan.

Komil Yormatov ijodi davomida “Muhojir”, “Alisher Navoiy”, “Abu Ali ibn Sino”, “Opa-singil Rahmonovalar”, “Ikki dil dostoni”, “Osiyo ustidagi bo`ron”, “Nodirabegim”, “Paxtaoy” kabi filmlarni suratga olgan. 1978 yilda Toshkentda vafot etgan.

Bugun atoqli kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov tavalludiga 118 yil to`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1