AsosiyDunyo

Qirg`iz-tojik chegarasidagi ziddiyat tufayli evakuasiya qilingan qirg`izistonliklar o`z uylariga qaytmoqda

'Qirg`iz-tojik chegarasidagi ziddiyat tufayli evakuasiya qilingan qirg`izistonliklar o`z uylariga qaytmoqda'ning rasmi

Chegaradagi ziddiyat tufayli evakuasiya qilingan qirg`izistonliklar o`z yashash manzillariga qaytmoqda.

“RIA Novosti” xabariga ko`ra, bu haqda jurnalistlarga mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining rasmiy vakili ma`lumot bergan.

“O`z uylaridan ko`chirilgan bir necha qishloqning aholisi uylariga qaytarilmoqda”, dedi u.

Uning so`zlariga ko`ra, hozirgi paytda chegaradagi qo`shimcha kuchlarni o`z joyiga qaytarish bo`yicha qo`shma komissiya ishi davom ettirilmoqda.

“Qirg`iz-tojik chegarasidagi vaziyat barqaror”, deb ta`kidladi zobit.

    Boshqa yangiliklar