Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 151 million 803 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.
Shundan 3 million 186 mingdan ziyod kishi vafot etgan (02.05.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 15:09 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 808 563 yangi holati aniqlandi.
12 870 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (03.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 14:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni
152 million 900 mingdan ortiq odam yuqtirgan,
ulardan 3 million 203 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 32,002 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi o`rinda Hindiston (19,557 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (14,659 milliondan ortiq),
- to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,553 milliondan ortiq),
- beshinchi o`rinda esa Turkiya (4,849 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 53 567, Hindistonda 392 488, Braziliyada 68 333, Fransiyada 23 986, Turkiyada esa 28 817 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Joriy yilning 28 aprel holatiga ko`ra dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 011 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.






