AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris yana bir yangi lavozimga ega bo`ldi. Ya`ni, u AQSh Milliy kosmik kengashining rahbari vazifasini bajaradigan bo`ldi. Bu haqda siyosatchining o`zi ma`lum qildi.
«Avval aytib o`tganimdek, AQSh oyga intilmoqda, unga o`z bayrog`imizni o`rnatamiz. Milliy kosmik kengashimizga rahbarlik qilish men uchun katta sharafdir», deya yozgan Xarris o`zining «Tvitteri»da.
Xarris demokrat Jozef Baydenning davlat rahbari lavozimiga kirishishi bilan vise-prezident bo`ldi. U AQSh tarixiga afroamerikalik va osiyolik birinchi vise-prezident sifatida kirdi. Bungacha Xarris Kaliforniya shtati Bosh prokurori, shuningdek, ushbu shtatdan senator bo`lgan.






