AsosiySport

«Barselona» Neymarni qaytarmoqchi

'«Barselona» Neymarni qaytarmoqchi'ning rasmi

«PSJ» Chempionlar ligasi yarimfinalida «Manchester Siti»ga ketma-ket ikkinchi o`yinda ham mag`lubiyatga uchrab, turnirni tark etgach, «Barselona» klubi parijliklar hujumchisi Neymarga bo`lgan qiziqishni qaytadan jonlantirdi.

As’ning yozishicha, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta braziliyalikning transferi «Barsa» uchun jiddiy turtki bo`lishiga ishonmoqda. Bu eng avvalo klub brendi qimmatlashishiga, ikkinchidan boshqa transferlarni ham amalga oshirish nisbatan osonroq bo`lishiga, uchinchidan Neymarning kelishi Messining ham jamoada qolishiga sabab bo`lishi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Jozep Bartomeu prezidentligi davridayoq «Barselona» futbolchilari Neymarning transferi uchun maoshlari qisqarishiga rozi ekanliklarini ma`lum qilishgan.

«Barselona» rahbariyat Neymarni 100 million evroga sotib olishiga ishonmoqda. Klub prezidenti Laporta va bosh murabbiy Ronald Kuman aksariyat futbolchilarni transferga qo`yib, bu mablag`ga ega bo`lish mumkinligiga ishonishmoqda.

Ma`lumot uchun, Neymarning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi. Braziliyalik forvard haligacha shartnomasini uzaytirgani yo`q. 

Avvalroq, Parij klubi 29 yoshli Neymardan tashqari Mbappeni ham o`z safida olib qolish uchun bor imkoniyatini sarflashga tayyor ekani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar