AsosiySiyosat

Evropada O`zbekistonning ochiqlik siyosati e`tirof etildi

'Evropada O`zbekistonning ochiqlik siyosati e`tirof etildi'ning rasmi

Belgiyaning etakchi «Brussels Times» gazetasi sahifasida OAV rivojlanishi va ularning erkinligi ta`minlanishi mavzusiga bag`ishlangan maqola e`lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Unda qayd etilganidek, so`z erkinligi va axborotdan bahramand bo`lish ta`minlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlab kelayotgan O`zbekiston o`zining  axborot sohasini demokratlashtirishga sodiqdir. Bugungi kunda mamlakatda OAV faoliyati, shuningdek, so`z va axborot erkinligi huquqiy boshqarilishi barqarorligini ta`minlash uchun qonuniy zamin tizimlashtirilmoqda, bu faoliyatning huquqiy asoslari hamda jurnalistlar kasbiy huquqlarining himoyasi mustahkamlanmoqda.

Xabar qilinganidek, so`z erkinligi hamda OAV samarali faoliyati ta`minlanishining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida  mamlakatda 20 dan ziyod me`yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan. Ular orasida, jumladan, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”, «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida», “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida”, “Axborotlashtirish to`g`risida»gi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar mavjud.

Nashr mamlakatimizda so`z erkinligi, axborot olishni ta`minlash va OAV rivojlantirish  bo`yicha qisqa davr oralig`ida keng qamrovli ishlar amalga oshirilganini ta`kidlagan.

2018 yil may oyida davlat rahbari farmoni bilan mamlakatda Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti tashkil etildi va talabalarga o`z eshiklarini ochdi.

2019 yil Prezidentning “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta`minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilinib, davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatining ochiqligi, jurnalist va blogerlar bilan yaqin hamkorligi, dolzarb masalalar bo`yicha OAV va jamiyatni tezkor ravishda xabardor qilish ta`minlandi, davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotiblarining maqomi idora rahbarining o`rinbosari darajasigacha ko`tarildi.

“Hozirgi paytda O`zbekistonda 600 nafardan ziyod matbuot kotiblari faoliyat ko`rsatmoqda. Ko`rilgan chora-tadbirlar O`zbekiston axborot maydonini mamlakatda olib borilayotgan islohotlar va davlat idoralari ishlari to`g`risidagi axborotlar bilan yanada boyitish imkonini berdi”, deb yozadi «Brussels Times».

Nashr O`zbekiston axborot makoni izchil kengayib borayotganiga ham e`tibor qaratgan. Xususan, keyingi 5 yil ichida ro`yxatdan o`tgan OAV soni 352 taga ko`paygani holda 1 ming 866 tani tashkil etganini ta`kidlaydi. “Ularning 630 tasi internet OAV hisoblanadi. Shu bilan birga, 1,3 ming foydalanuvchi o`zini blorger sifatida namoyon etgani holda faol jurnalistik ish olib bormoqda”, - deb yozadi gazeta.

    Boshqa yangiliklar