AsosiyMadaniyat

“Meros” filmining katta premerasi bo`lib o`tdi

'“Meros” filmining katta premerasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Meros” badiiy filmining katta premerasi o`tkazildi.

Premera avvalida O`zbekiston qozoq milliy markazi faollari va vakilli o`z chiqishlari bilan tadbirni boshlab berishdi. So`ngra Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Bosh direktorning birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev, O`zbekiston qozoq milliy markazi raisi Serikbay Usenov, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan tinchlik aloqalari qo`mitasi raisi Rustam Qurbonovlar so`zga chiqishdi. Barchani bayram bilan qutlab, film ijodkorlariga minnatdorchilik bildirishdi.  

Film rejissyori Hilol Nasimov Belorusdagi s`yomka jarayonlari va film ustida olib borilgan ishlarga qisqacha to`xtalib o`tdi. Undan so`ng, “Meros” tarixiy dramasining katta premerasi taqdim etildi. Ushbu film ikkinchi jahon urushi davridagi o`zbek va qozoq yoshlarining muhabbati haqida hikoya qiladi.  

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Husan Aliev, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiev.  Filmda Rustam Karimov, Munavvara Abdullaeva, G`ayrat Husayinov, Bobur Aytbagambetov, Fotih Nasimov, Oysanam Yusupovalar rol ijro etishgan.

    Boshqa yangiliklar