AsosiySport

Veloshosse: O`zbekiston chempionatining ilk g`oliblari aniqlandi(foto)

'Veloshosse: O`zbekiston chempionatining ilk g`oliblari aniqlandi(foto)'ning rasmi

Toshkent viloyatida start olgan velosportning shosse yo`nalishi bo`yicha O`zbekiston chempionatida erkaklar, ayollar hamda 2003-2004 yillarda tug`ilgan yoshlar, yosh qizlar o`zaro bellashmoqda. 

Turnirning birinchi kun bahslari murosasiz kechdi. Jamoaviy vakt poygasida 40 km masofaga o`tkazilgan musobaqada erkaklar o`rtasida Danil Evdokimov, Nikita Stenkavoy, Dmitriy Sirko, Botirjon Ismatovlardan iborat “Dinamo” jamoasi 50:5, yoshlar o`rtasida esa Samandar Sultonov, Ahmad Yuldashev, Husniddin Shonazarov, Davlatyor Zaribov tarkibli Xorazm viloyati jamoasi 52:59 natija bilan g`oliblikni qo`lga kiritdi. 

Juftlik vakt poygasida 20 km masofaga kechgan bahsda ayollar o`rtasida Yanina Kuskova, Madina Qahhorova 28:59 natija qayd etib g`olib bo`ldi.  Yosh qizlar o`rtasidagi bellashuvda esa Anna Kuskova Margarita Misyurina 30:22 vaqtda marra chizig`ini birinchilardan bo`lib kesib o`tishga muvaffaq bo`ldi. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo`mitasi hamda O`zbekiston velosiped sporti federasiyasi tomonidan o`tkazilayotgan turnir 8 mayga qadar davom etadi.

 

    Boshqa yangiliklar