3-6 may kunlari Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Universal Jumping Agro” ot sporti klubida ot sportining uchkurash yo`nalishi bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida mamlakat chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Musobaqada Andijon, Farg`ona, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridan iqtidorli yosh chavandozlar g`oliblik uchun o`zaro bahs olib borishdi.
Musobaqa yakuniga ko`ra, o`smirlar o`rtasida buxorolik Umid Vafoev «Maksimal» laqabli tulporida g`oliblikni qo`lga kiritgan bo`lsa, yoshlar orasida esa «Kross» laqabli otida ishtirok etgan qashqadaryolik Abror Esonovga teng keladigan raqib topilmadi.
Shuni alohida qayd etish joiz, Esonov o`z omadini «Miragi» laqabli tulporida ham sinab ko`rdi va bu chiqishi unga kumush medalni taqdim etdi.
Quyida ot sportining uchkurash yo`nalishi bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida o`tkazilgan O`zbekiston chempionatining g`olib va sovrindorlari bilan tanishing:
O`smirlar:
1. Umid Vafoev (Buxoro) – «Maksimal» laqabli tulporda,
2. Elizaveta Karachan (Toshkent sh.) – «Artur-2»,
3. Maksim Dvoryanskiy (Toshkent sh.) – «Allagir».
Yoshlar:
1. Abror Esonov (Qashqadaryo) – «Kross»,
2. Abror Esonov (Qashqadaryo) – «Miragi»,
3. Eldor Erkinov (Farg`ona) – «Farishta».















