Toshkentning «Paxtakor» klubining 80 foiz aksiyalariga egalik qilgan "SFI Management Group" kompaniyasi aksiyalarning barchasini Toshkent shahar hokimligiga qaytarib beribdi. Bu haqda "Go Sport!" ma`lum qildi.
Shu tariqa «Paxtakor»ning to`liq 100 foiz aksiyasi hokimlik balansida bo`ladi.
Manbalarga ko`ra, yil boshidan buyon kompaniya «Paxtakor»ga homiylik qilmagan. Jamoa shu paytgacha, jumladan Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirok uchun xarajatlarni kredit evaziga qoplagan.
Eslatib o`tamiz, milliarder Alisher Usmonov intervyularidan birida SFI Management Group Shodievlar oilasiga tegishli kompaniya ekani haqida ma`lum qilgandi. Klubga Bobur Shodiev rahbarlik qilib kelardi.






