Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan Kinokarvon guruhi 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand viloyat hokimligiga tashrif buyurdi va kinoijodkorlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so`zga chiqishib, o`zaro hamkorlikda qilinayotgan ishlarga to`xtalishdi.
Taniqli kinossenarist va rejissyor Ali Hamroev o`z badiiy rahbarligida yosh kinorejissyorlar tomonidan suratga olingan “Unutilmas qahramonlar” turkum hujjatli filmlarini taqdimotini o`tkazdi.
Ikkinchi jahon urushi g`alabasining 75 yilligi munosabati bilan suratga olingan “Ilhaq” badiiy filmi rejissyori O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat hodimi Jahongir Ahmedov hamda film ijodkorlari ham ishtirok etishdi.
Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan tarixda Samarqand amiri bo`lgan mard sarkarda Bahodir Yalangto`sh haqida badiiy filmni suratga olish bo`yicha viloyat hokimligi va Kinematografiya agentligi o`rtasida memorandum imzolandi.
Shundan so`ng, kinorejissyor Shuhrat Mahmudovning “Matonat” filmi ijodkorlari tanishtirildi. Mazkur hujjatli film Agentlik va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida suratga olingan. Unda ikkinchi jahon urushi yillarida nemis fashistlarining Gollandiyadagi konslagerida qaxramonlarcha halok bo`lgan 101 o`zbek askarlari haqida hikoya qilinadi. Tadbir yakunida “Matonat” hujjatli filmi premera qilindi.
Mazkur filmni bugun yurtimiz telekanallari va ijtimoiy tarmoqlarda tomosha qilishingiz mumkin.






