Bu haqda ayni paytda bo`lib o`tayotgan brifingda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.
Mas`ulga ko`ra:
- Bugun davlat xizmatlari ko`rsatish sohasidagi islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot o`tkaziladi.
Shuningdek, hafta davomida:
- sog`liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti;
- hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash masalalari bo`yicha videoselektor o`tkazilishi mo`ljallangan.
Xalqaro tadbirlar rejasiga ko`ra bu hafta:
Prezidentimiz Yaponiya etakchisi hamda mintaqamiz mamlakatlari rahbarlari bilan muloqotlar o`tkazishi rejalashtirilgan.
"Muborak Ramazon oyi tugashiga ham oz vaqt qoldi. Shu kunlarda hurmatli Prezidentimizga Ramazon hayitini nishonlash to`g`risidagi qaror loyihasi bo`yicha axborot beriladi. Qabul qilinadigan qaror ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi",- dedi Sherzod Asadov.






