AsosiyJamiyat

Andijonda kuchli yomg`irdan talofat ko`rgan xonadonlarga yordam ko`rsatildi

'Andijonda kuchli yomg`irdan talofat ko`rgan xonadonlarga yordam ko`rsatildi'ning rasmi

6-7 may kunlari Andijon viloyatining ayrim hududlarida kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel toshqinlari kuzatilgan. Tabiiy ofat oqibatida Andijon viloyati «Qirg`iz» kanali orqali oqib kelgan sel oqimlari Xonobod shahri va Qo`rg`ontepa tumanidagi 278 ta turar-joylarning yashash xonadonlari va hovlisiga kirgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan Xonobod shahrining «Teyit» mahallasi hududida viloyat hokimi boshchiligida shtab tashkil etilgan. Shtab tarkibida shahar va tuman hokimliklari, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmalari 600 dan ziyod xodimlari tomonidan transport, kuch va vositalari jalb qilingan holda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etilmoqda. Hududdagi har bir xonadon egalari bilan muloqot o`tkazilib, barcha zarur yordam ko`rsatilmoqda.

Shuningdek, elektr, suv ta`minoti, qurilish va boshqa mutasaddi korxona, tashkilot va muassasalarning 100 dan ortiq texnikalari, 500 dan ortiq ko`ngilli xodimlar, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi volontyor yoshlari Xonobod shahrida tabiiy ofatdan zarar ko`rgan hududda qator ishlar olib boryapti.

Xonobod shahar “Teyit” mahalla fuqarolar yig`inida 2021 yil 6 maydan 7 mayga o`tar kechasi kuchli sel oqibatida zarar ko`rgan fuqarolarning xolidan xabar olish uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a`zosi M.G`anieva, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri M.To`ychieva hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari talofat ko`rgan xonadonlarga kirib, kerakli yordamlar ko`rsatishgan.

Jiddiy ofat ko`rgan M. Abduraximov, B. Xaydarov, Sh. Xaydarov, M. Karimova hamda tabiy ofatdan 2 nafar farzandi xalok bo`lgan X. Umurzaqovning xonadoniga kirib taziya bildirildi xamda oziq-ovkat, ko`rpa to`shak va kiyim kechaklar bilan ta`minlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar