AsosiySport

«Yuventus» A Seriyadan chetlatilishi mumkin

'«Yuventus» A Seriyadan chetlatilishi mumkin'ning rasmi

Italiya futbol federasiyasi rahbari Gabriele Gravina «Yuventus» klubi Evropa Superligasini tark etmasa, A Seriyadan chetlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Qoidalar barcha uchun barobar. Agar «Yuventus» kelasi mavsum startigacha Evropa Superligasini tark etmasa, Turin klubi A Seriyada ishtirok eta olmaydi.

Albatta, bu eng avvalo muxlislar uchun alamli bo`ladi, ammo qoidalar hamma uchun barobar. Umid qilamanki, «Yuve» rahbariyatining qarshiligi tez orada tugaydi», - deya Gravinaning so`zlarini keltirmoqda Sky Sports.

«Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Superliganing ta`sischi klublari safini tark etishni istamayapti. Qolgan 9 klub turnirni tark etganini ma`lum qilgan.

Avvalroq, klublar Superligani tark etmasa, UEFA keyingi mavsumda jamoalarni evrokuboklardan chetlatishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma`lumot uchun, «Yuventus» «Milan» bilan o`yindagi mag`lubiyatidan (0:3) keyin A Seriya yakunlanishiga uch tur qolganda 69 ochko bilan 5-o`ringa tushib ketdi. Jamoa to`rtlikka kira olmasa, EChL emas, Evropa ligasida ishtirok etishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar