AsosiySport

Evropa Chempionlar Ligasining finali Turkiyadan Portugaliyaga ko`chirildi. Sababi..

'Evropa Chempionlar Ligasining finali Turkiyadan Portugaliyaga ko`chirildi. Sababi..'ning rasmi

Chempionlar ligasi finali mezbonligi Turkiyadan Portugaliyaga ko`chiriladi, deya xabar bermoqda Sky Sport 24 jurnalisti Anjelo Manjante.

Manbaning yozishicha, UEFA EChL finalini Istanbuldan Portudagi «Dragau» stadioniga ko`chirishga qaror qilgan. Bu haqda 12 may kuni rasman e`lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, Turkiyadagi koronavirus bilan vaziyat og`irligi sababli «Chelsi» va «Manchester Siti» uchrashuvi Londondagi «Uembli» stadioniga ko`chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Ma`lumot uchun, Chempionlar ligasi finali 29 may kuni o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar